Chust tumanida voyaga yetmagan bola Jiguli va Matiz avtomobillarini olib qochdi. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
8 iyun kuni Urgut tumanidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining kanaliga 16 yoshli bola tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Uning murdasi oradan 8 kun o‘tib boshqa kanal qirg‘og‘idan topildi. Ota-onasi da’vosi yo‘qligi hamda qarshi bo‘lgani uchun tibbiy ekspertiza o‘tkazilmadi, jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilmadi.
Sud metro vagonida 13 yoshli qizga nojo‘ya harakatlar qilgan shaxsni aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.
Farg‘ona viloyatida taksi haydovchisi jonsiz holda topildi. To‘rt kishi, jumladan uch nafar voyaga yetmagan bolalar (ikki nafari o‘quvchi) uni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.
Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazoni keskinlashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undaganlarni og‘ir holatda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda.
Voyaga yetmagan maktab-internati tarbiyalanuvchisiga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman holatni nazorat ostiga olinganligini va zo‘ravonlar jazolanishini ta’kidladi.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida voyaga yetmagan qiz (nogiron, 2004 yilda tug‘ilgan) 65 yoshli qo‘shnisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2018 yildan beri qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting